TRESKASIMONLAR (Gaditae) baliklar oilasi. 21 urugʻga birlashgan 53 turi bor. Atlantika okeanining iliq qismidagi dengizlarda koʻp. Tinch okean shim. da, Arktika dengizlarida, Jan. yarim sharning moʻtadil zonasidagi suvlarda kamroq, bir turi Yevropa, Shim. Osiyo va Shim. Amerika ning chuchuk suvlarida tarqalgan. Yirik Treskasimonlar (treska, merluza, sayda) yirtqich. Asosan, baliklar, mayda Treskasimonlar (sayka) plankton qisqichbaqasimonlar, baʼzilar (piksha) suv tubidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Treskasimonlar toʻdatoʻda boʻlib oziq izlab yoki koʻpayish joylariga koʻchib yuradi; yilning sovuq davrida koʻpayadi. Treskasimonlar muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Goʻshti yogʻsiz, jigarida toʻplangan moydan vitaminga boy baliq moyi tayyorlanadi. Treskasimonlar dunyo miqyosida ovlanadigan baliqlarning 15% ini tashkil etadi. Keng tarqalgan turi treskaning uz. 180 sm gacha, ogʻirligi 40 kg cha. Bir nechta kenja turi bor, shundan atlantika Treskasimonlari Shim. Norvegiya, Grenlandiya, Barens dengizlari va b. da, boltik Treskasimonlari Boltik,dengizida, oq dengiz T. i Oq dengizda, tinch okean T. i Tinch okeanning Osiyo va Shim. Amerika qirgʻoqlarida uchraydi. Treskasimonlar, odatda, 300 m cha chuqurlikda yashaydi. Ovlanadi. Muhim xujalik ahamiyatiga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые