TRAXEOTOMIYA (traxeya va yun. tome — kesilgan) — traxeya (kekirdak) devorini kesib, uning ichini ochish va maxsus naycha qoʻyish. Bunda traxeya devorining kesilgan chekkasi boʻyinning kesilgan terisiga qoʻshib tikiladi. Yuqorigi va pastki Traxeotomiya ajratiladi. Yuqorigi Traxeotomiya qalqonsimon bez boʻyinchasidan yuqorida, pastki Traxeotomiya esa qalqonsimon bez boʻyinchasidan pastda qilinadi. Operatsiya traxeya yoʻli bekilib, undan havo oʻtmay qolganda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые