TRANSMISSIYA (lot. transmissio — uzatish, oʻtish) — dvigateldan ish mashinalari (stanoklar, maydalagichlar va b.) ga yoki mashinalarning ijro mexanizmlariga aylanma harakat uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Transmissiya validan ish mashinalariga aylanma harakat uzatish, odatda, yuritma tasmalar (kontrprivodlar) orqali amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — T. deganda dvigatel validan mashinaning ish organlariga aylanma harakat uzatuvchi barcha qurilmalar majmui tushuniladi. Mas., avtomobil yoki traktoraa mexanik Transmissiya tarkibiga kuch uzatmasi, ilashma (ssepleniye), kardanli uzatma, differensial mexanizm va b. qurilmalar kiradi. Kemalar, teplovozlar, yuk avtomobillari, traktorlarda gidromexanik (gidrotransformator va mexanik uzatmalar qutisi), gidrohajmiy (gidromotorli gidronasoslar) va elektromexanik (generator va elektr dvigatellar) Transmissiya lardan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые