TRANSLYATOR — 1) translyatsiya jarayonini amalga oshirishda foydalaniladigan apparatlar, jihozlar, koʻchma texnika vositalari majmui;
2) informatika (axborotshunoslik)da — algoritm bayonini bir programmalash tilidan ikkinchisiga, xususan, mashina tilita avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan EHM (kompyuter) dasturi (kompilyator). Programmalashni avtomatlashtirish uchun qoʻllanadi.