TRAMVAY

TRAMVAY (ing. tramway, tram — vagon, arava va way — yoʻl) — relsli izda harakatlanuvchi shahar yer usti transport vositasi; elektr energiyasini simda sirpanuvchi «shoxi» (dugasi) orqali kontakt (tutashma) simdan oladigan vagon (2 ta, baʼzan 3 ta tirkama vagonlar majmui).

Aravalarni qarakatlantirishda elektr tokidan foydalanish gʻoyasi 19a. 30—40-y. larida paydo boʻldi, lekin 70-y. larda birinchi elektr styalari paydo boʻlgandan keyingina amalga oshdi. Rus ixtirochisi F. A. Piroskiy 1876-y. da taklif qilgan «relsli arava»ni birinchi Tramvay deyish mumkin. Tramvay yaratishga doyr ishlar Germaniya va b. mamlakatlarda ham olib borildi. Berlin yaqinidagi Lixtenfelde shaharchasida 1881-y. 20 yoʻlovchi sigʻadigan vagon (tezligi 30 km/soat) katnay boshladi. Keyinchalik koʻp Yevropa mamlakatlari va AQSH da keng tarqaldi. Tramvaydan muntazam foydalana boshlash Kiyevda 1892-y., Nijniy Novgorodsa 1896-y., Moskvada 1899-y. yoʻlga qoʻyildi.

Toshkentda vagonni tor izlar boʻylab otlar tortadigan koʻnka 1901-y. qatnay boshlagan, tor izli elektr Tramvay esa 1913-y. paydo boʻlgan, keng izli Tramvay 1936-y. foydalanishga topshirilgan (Toʻqimachilik komibinati — Xadra maydoni). Oʻzbekistonda Tramvay fakat Toshkent sh. da qatnaydi (2004).

Tramvay murakkab texnika vositasi hisoblanadi. Uning motori (dvigateli) elektr energiyasini relsli izlar tepasidan tortib ketiladigan simdan oladi. Sim kichik elektr styasiga ulanadi. Elektr styada oʻzgaruvchan tok 500 — 750 V kuchlanishli oʻzgarmas tokka aylantiriladi. Motorli vagon ustidagi yoysimon shox (duga) simda sirpanib, dvigatelga tok yetkazib beradi. Ikkinchi manfiy sim vazifasini relslar oʻtaydi. Umuman Tramvay xoʻjaligi murakkab majmua xisoblanadi. Unga relsli izlar, avtoblokirovka tizimi, elektr dvigatel, elektr tarmogʻi, harakatlanuvchi sostav (vagon yoki vagonlar), T. dan foydalanish xizmati — depo (Toshkentda 2 ta depo bor), taʼmirlash korxonalari, liniyadagi doimiy tok elektr dvigateli qoʻllanadi (quvvati — bir necha kVt dan bir necha MVt gacha).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x