TOʻSIQ RIFLARI — marjonlarning ohak qoldiklaridan tuzilgan va ustini oʻsayotgan marjonlar qoplagan suv osti qoyalari. Toʻsiq riflari Tinch, Hind va Atlantika okeanlarining iliq suvli qirgʻoq yaqinidagi sayozliklarida bir necha km dan oʻnlab km ga choʻzilgan. Eni yuzlab m ga teng. Toʻsiq riflari bn qirgʻoq oʻrtasi laguna (sayoz qoʻltiq)dan iborat. Suv qaytganda alohida orollar koʻrinishida suv yuzasiga chiqib qoladi. Eng katta Toʻsiq riflari — Katta Avstraliya toʻsiq rifi (yana q. Riflar, Marjon riflari).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые