TOʻNGRA

TOʻNGRA, tongra — ilk oʻrta asrlarda Moʻgʻulistonda yashagan turkiy qabila. Ushbu etnonim dastlab qad. turk bitiktoshlarida (7—8-a. lar) Toʻngra, ilk oʻrta asrlarga taalluqli xitoy yilnomalarida esa tunlo shaklida uchraydi. Ushbu manbalardagi maʼlumotlardan ularning Tola va Kerulen daryolari oraligʻida yashaganligi maʼlum boʻladi. Jumladan, xitoy yilnomalarida tunlo (T.)lar syeyanto (sirtardush)lardan shim. da, dolange (telengut)lardan sharkda istiqomat qiladigan urugʻ sifatida koʻrsatiladi.

Toʻngralarni koʻpchilik tadqiqotchilar bitiktoshlardagi maʼlumotlarga asoslanib oʻgʻuzlarning bir urugʻi boʻlgan deb, hisoblashadi. Chunonchi, bitiktoshlarda Turk xoqonligi (552—745) 715-y. da oʻgʻuzlarga qarshi besh marotaba jang qilgan paytda uchinchi jang Toʻngralar bn boʻlib oʻtganligi va ularning magʻlub etilgani qayd etiladi. Xitoy yilnomalarida esa Toʻngralar telelarning 9 qabilasidan biri sifatida qayd etiladi. Shuningdek, Toʻngra larning uygʻurlarni tashkil qilgan 15 ta qabiladan biri ekanligi gʻam taʼkidlab oʻtiladi. Ushbu maʼlumotlardan Toʻngra larning yaqin qardosh qabilalar — oʻgʻuzlar va uygʻurlar bn birgalikda tele (toʻlas) qabilalar uyushmasining biri boʻlganligi maʼlum boʻladi.

Ad. Xoʻjayev A., Xoʻjayev K., Qadimgi manbalarda xalqimiz oʻtmishi, Toʻngra, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x