TOʻLDIRUVCHI (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali T. Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroklariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakatholat bevosita yoʻnaltirilmagan obyektni anglatadi. Maye: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yezdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые