TOYBUGʻO

TOYBUGʻO, Taybugʻa — Sibir xonlari sulolasining afsonaviy asoschisi; chingiziylarga mansub boʻlmagan mahalliy zodagonlardan. 1495-y. shayboniylardan Iboqxon oʻldirilgach, «Toybugʻo xonadoni»dan chiqqan Mamat (Mahmet) turkiy uluslarning siyosiy ittifoqiga rahbarlik qilgan (q. Sibir xonligi). 16-a. ning 1yarmida Toybugʻo sulolasidan boʻlgan xonlar Qozon xonlari bilan qudachilik aloqalari oʻrnatganlar. Yodgorxon va Bekbulatxon oʻzlarini Moskva vassallari deb tan olganlar (1555). 1563-y. Sibir taxtini shayboniy Kuchumxon egallashi bilan Toybugʻo sulolasi barham topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x