TOVUSHQATOR

TOVUSHQATOR — muayyan musiqa tizimidagi barcha tovushlarnnj tartiblashgan majmuasi (mas., lad tovushlarining izchil tuzilmasi, gamma). Turli musiqa uslublarida Tovushqator ahamiyati har xil boʻladi. Mac, dodekafoniya uslubidagi asarlarda Tovushqatordan koʻra intervallar izchilligining mohiyati balanddir. Ogʻzaki anʼanadagi musika, jumladan, oʻzbek xalq va mumtoz musiqa ijodida Tovushqator larning bir nechta tarixiy — uslubiy koʻrinishlari ajratiladi. Mas., mavsum marosim koʻshiqlarita xos tor (kvartakvinta) hajmdagi Tovushqatorlar, xalq lirik va raqs qoʻshiqkuylarda asosiy oʻrin tutgan oktava diapazonidagi Tovushqatorlar, makom Tovushqator lari va b. Baʼzi (yigʻi, alla, qissaxonlik kabi, kompozitorlik ijodida esa — sonoristika, elektron musika va b. yoʻnalishidagi) musiqa shakllarida muayyan Tovushqator tizimi oʻrniga tovushlarning erkin munosabatlari asosiy oʻrin tutadi.

Ad.: Vaxromeyev V., Muzikaning elementlar nazariyasi, 2nashri (maxsus muharrir T. Gʻafurbekov), T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x