TOVARNING HAYOTIY SIKLI

TOVARNING HAYOTIY SIKLI — tovarning bozorda sotilib, sotuvchiga foyda keltirib turish davri; T. hS tovarni yaratish gʻoyasi va namuna nusxasining yaratilishi, xarajatlar va foyda koʻlamini hisobkitob qilishdan. boshlanadi. Tovarning hayotiy siklining asosiy bosqichlari: 1) tovarning ommaviy sotish uchun bozorga kirib kelishi;

2) tovarga talabning ortishi natijasida sotish hajmining oʻsishi;

3) tovar mavqeining yuksak bosqichga koʻtarilishi va maksimal sotish hajmiga erishish;

4) bozorning tovarga toʻyinishi, talabning pasayishi, sotishning kamayishi;

5) sotish hajmining keskin pasayishi, foydaning kamayishi va tovarning bozordan chiqib ketishi. Yuqoridagi bosqichlarga monand ravishda tovarning sotilishi va undan kelgan foyda dastlab orta borib, oʻz choʻqqisiga yetadi, soʻngra pasayib, minimal darajaga keladi. Tovarning hayotiy sikli uzun yoki qisqaligi tovarning sifatiga, bozor talabini qondira olishiga, narxi, reklama, sotilishi sharoitlarini oʻzgartirish va b. ga bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x