TOSHMUHAMEDOV Bekjon Oybekovich

TOSHMUHAMEDOV Bekjon Oybekovich (1935.27.1, Toshkent) — biologbiofizik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1987). Biol. fanlari dri (1971), prof. (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning oʻgʻli. Moskva untining biol.

tuproqshunoslik ftini tugatgan (1958), shu untda aspirant (1958 — 61), ToshDUning biol:tuproqshunoslik ftida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—65), Oʻzbekiston FA yadro fizikasi (1965— 67) va Biokimyo inti (1967—85) biofizika lab. mudiri. 1979—86 y. da ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston FA Fiziologiya intida direktor (1985 — 92), boʻlim boshligʻi (1998-y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—95). Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (1995-97).

Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil boʻlishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va b. biologik faol moddalarning membranaga taʼsir qilish mexanizmini oʻrganishga oid. YUNESKO qoshidagi «Inson va biosfera» milliy komiteti raisi (1998-y. dan). «Oʻzbekiston biologiya jurnali» bosh muharriri (1996-y. dan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

As: Aktivnыy transport ionov cherez biologicheskiye membranы, Toshmuhamedov, 1973; Sintez, membranoaktivnыye svoystva i biologicheskiye effektoʻ kraunefirov, Toshmuhamedov, 1987; Neyrotoksinы v issledovaniyax biologicheskix membran, M., 1991.

Ad.: B. A. Tashmuxamedov (biobibliografiya)., T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x