Post Views:
825
O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida:
- “Katta Langar” Qur’oni (VIII asr).
- Qur’oni karimning hijriy 665 yili mashhur xattot Ismoil Muborak ko‘chirgan nusxasi (ma’nolarining forsiy tarjimasi bilan).
- Ayyub Muhammad o‘g‘li. “Tarixi Ajam” (XVI asr).
- Burhoniddin Marg‘inoniy. “Al-Hidoya”, milodiy 1773 yili ko‘chirilgan.
- Abdulloh Xatib Tabriziy. “Mushkatul Masabix” (XVI asr), milodiy 1737 yili ko‘chirilgan.
- Akbarxo‘ja Xoji. “Bahrul Mavvaj”, xattot Abulfaqir Rahimberdi, hijriy 1244 yili ko‘chirilgan.
- Mahmud Zamaxshariy. “Tafsirul Kashshof” (XIII asr).
- Abul Qosim Qushayriy. “Tafsir al Qushayriy” (XVIII asr).
- Jurjoniy. “Zaxiratul Xorazmshoh” (XII asr) hattot Abdurahmon, milodiy 1685 yili ko‘chirilgan.
O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida:
- Burhoniddin Marg‘inoniy mashhur “Hidoya” asarining Movarounnahr, Afg‘oniston, Misr, Qoshg‘ar, Hindiston va boshqa yurtlarda ko‘chirilgan saksonta qadimiy nusxasi.
- Avrangzeb Olamgir topshirig‘iga ko‘ra bir guruh salohiyatli faqihlar tuzgan to‘rt jildli “Fatovoyi Olamgiriya” kitobining bir necha nusxasi.
- Xattot Mavlaviy Soqiy Muhammad Balxiy-Buxoriy 1671 yilda ko‘chirgan Sa’diddan Taftazoniyning “Sharhi aqoid”, 1683 yilda ko‘chirgan Nasafiyning “Aqoid” asari qo‘lyozmalari.
- Ulug‘ muhaddis Abu Iso Termiziy “Ash shamoilun nabaviya” asarining 1510 va 1533 yillari ko‘chirilgan qo‘lyozmalari.
- Mashhur faqih va mufassir Ishoq ibn Ibrohim Shoshiy ta’lif qilgan “Kitabul usul” asarining milodiy 1371 yili xattot Sadruddin ibn Alouddin ko‘chirgan noyob qadimiy nusxasi.
- Faqih Abu Lays Samarqandiyning 1467 yili ko‘chirilgan “Xazonatul fikh” asari qo‘lyozmasi.
- Abul Barakot Nasafiy (vafoti milodiy 1310 yil)ning “Al-Vofiy” va “Minoral usul fi fusulul fiqh” asarlari.
- Sharafudsin Ali Yazdiy mashhur “Zafarnoma”sining jahonda yagona bebaho nusxasi.
- Abulqosim Nosiruddin Muhammad ibn Yusuf Samarqandiy-Madaniyning (vafoti 1258) “Kitabul multaqat
- fil fatovoil hanafiyya” (“Multaqati Nosiriy”) asarining shayx Hibbatulloh milodiy 1395 yilda ko‘chirgan
- noyob nusxasi.
- Kamoluddin Abdurazzoq Koshoniy-Samarqandiyning (vafoti milodiy 1330) “Kitabul istilohot” va “Risola fil qazo val qadar” asarlarining milodiy 1381 yili ko‘chirilgan qo‘lyozmalari.
- Xoja Muhammad Porso Buxoriyning (milodiy 1348-1420) “Tafsiri Qur’on”, “Sharhi fiqhi Kaydoniy”, “Al-hadisul arba’in” kabi asarlari qo‘lyozmalari.
“Hidoyat” jurnali, maxsus son, 2007 yil
www.ziyouz.com kutubxonasidan foydalanildi