Post Views:
1 779
Aholi uzog‘ini yaqin qilish, ularning murojaatlari bilan tanishib, muammolarining yechimini hal etish maqsadida, Toshkent shahrida va poytaxtimizning 11 ta tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:
Bektemir tumani – Husayn Boyqaro shoh ko‘chasi, 2-uy.
Mirobod tumani – Nukus ko‘chasi, 18-uy.
Mirzo Ulug‘bek tumani – Qalandar ko‘chasi, 2-uy.
Sergeli tumani – Sergeli 3-dahasi, Obihayot ko‘chasi, 3a-uy.
Olmazor tumani – Talabalar ko‘chasi, 54-uy.
Uchtepa tumani – Chilonzor 26-mavze, 1 B-uy.
Shayxontohur tumani – To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 1a-uy.
Chilonzor tumani – Chilonzor 2-mavze, Arnasoy ko‘chasi, 32-uy.
Yunusobod tumani – Osiyo ko‘chasi, 4a-uy.
Yakkasaroy tumani – Shota Rustaveli ko‘chasi, 85-uy.
Yashnobod tumani – Aviasozlar ko‘chasi, 7a-uy.
Manba: “Toshkent oqshomi” gazetasi, 2017 yil 16 mart soni
https://shosh.uz/uz/toshkent-shahrida-joylashgan-xalq-qabulxonalari/