Toshkent shahar hokimligi: yo‘llarda ish qizg‘in…


Post Views:
80

Bugun Toshkentni katta qurilish va bunyodkorlik maydoniga qiyoslash mumkin. Chor-atrofda ulkan texnikalar g‘ala-g‘ovuri, yo‘llarda, massivlarda katta ko‘lamdagi ishlarning olib borilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Darhaqiqat, joriy yilda poytaxt yo‘llaridagi avtotransport oqimining shiddat bilan oshib borishini inobatga olib yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, markaziy va shoh ko‘chalarda transport oqimining pasayishiga, eng muhimi, yo‘lovchi va piyodalar xavfsizligiga erishish maqsadida juda katta bunyodkorlik ishlari boshlandi. Bu haqida poytaxt hokimligi alohida matbuot anjumani o‘tkazib, ommaviy axborot vositalari vakillari orqali keng jamoatchilikni xabardor etgan edi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda rejalashtirilgan ishlarning jadal boshlab yuborilgani, tabiiyki, ko‘plab markaziy va shoh ko‘chalarda, yo‘l o‘tkazgichlarda vaqtinchalik tirbandliklar, bir so‘z bilan aytganda, noqulayliklarga sabab bo‘layotir. Shularni hisobga olib, shahar hokimligida brifing tashkil etildi. Unda poytaxt yo‘llarida tramvay liniyalarining demontaj qilinishi hisobiga yo‘l qoplamalari o‘rnatish ishlari, markaziy magistral ko‘chalardagi rekonstruksiya hamda ta’mirlash jarayonlari, Nurafshon ko‘chasining uzaytirilishi hisobiga bunyod etilishi rejalashtirilgan yangi kichik xalqa yo‘lini qurish borasidagi ishlar, shuningdek Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan o‘z yo‘nalishida joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari haqida batafsil axborot berildi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimligining mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan:

1. Tramvay yo‘llarining demontaj qilinishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda yo‘l qoplamalari tiklanadi:

“Sarikul”, Mehrjon”, “8-mart”, “Sayxun” ko‘chalarining “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasigacha, Aliyev, Fitrat, Temiryo‘lchilar ko‘chalarining Shimoliy vokzalgacha;
“Taraqqiyot” ko‘chasidan boshlab TKAXY bo‘ylab Shimoliy vokzal, “Qushbegi” ko‘chalaridan to Shota Rustavelli ko‘chasigacha;
Muqimiy ko‘chasining “Chilonzor Oqtepa” maydonidan Shota Rustavelli ko‘chasigacha;
Uyg‘ur ko‘chasining “Samarqand darvoza” ko‘chasi bilan chorrahasidan va Beshqayrag‘och ko‘chasidan TAXYgacha qismida;
Sakkokiy, Almoniy, To‘qimachi ko‘chalarida; Beltepa, Kamarniso ko‘chalarida;
O‘rozboyev, Qora-qamish ko‘chalarining “Malika” aylanmasigacha bo‘lgan qismida.

2. Toshkent shahrining quyidagi magistral ko‘chalari rekonstruksiya qilinmoqda:

O‘zbekiston ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi chorrahasigacha;
Bobur ko‘chasining Xalqaro aeroportdan Nukus ko‘chasigacha;
Nukus ko‘chasining Bobur ko‘chasi Mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Shuningdek, Toshkent Xalqaro aeroporti hududida avtoturargoh qurish ishlari rejalashtirilgan.

3. Toshkent shahridagi quyidagi yo‘l o‘tkazgichlarning tonnel qismlarida ta’mirlash-tiklash ishlari olib boriladi:

Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich;
Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishuvidagi yo‘l o‘tkazgich;
Mustaqillik va TKAXY (Salor temir yo‘l ko‘prigi va avtoyo‘l ko‘prigi) yo‘l o‘tkazgichi;
“Do‘rmon yo‘li” ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich.

Shuni alohida qayd etish lozimki, poytaxtimizda Markazlashgan hamda Respublika Yo‘l fondi mablag‘lari hisobidan ham katta hajmda magistral ko‘chalarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi 227-son qaroriga asosan :

Mustaqillik ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;
Amir Temur ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko‘chasigacha;
Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Taraqqiyot ko‘chasidan TTZ shohbekatigacha;
Do‘rmon ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan “Bog‘ishamol” ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 apreldagi 102-son qaroriga asosan, Respublika yo‘l fondi mablag‘lari hisobidan:

“Nurafshon” ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Chilonzor Oqtepa maydonigacha uzaytirilishi;
Nukus ko‘chasini Muqimiy va Bobur ko‘chalari oralig‘ida uzaytirish;
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Ohangaron shossesigacha “Taraqqiyot” ko‘chasini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Shota Rustavelli hamda Muqimiy ko‘chalari kesishuvidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi markazlashgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda.

Shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aynan ushbu bosh boshqarmaning joriy yil yakuniga qadar shahar va tumanlar tasarrufidagi yo‘l va yo‘laklarni butkul va joriy ta’mirlash rejalari quyidagicha:

X.Boyqaro ko‘chasi (DSN binosidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
Nukus ko‘chasi (Bobur ko‘chasidan “Taraqqiyot” ko‘chasidagi transport tonneligacha bo‘lgan oraliqda bordyur almashtirish)
“Qorasaroy” ko‘chasi (A.Qodiriy ko‘chasidan “Qumloq” ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
“Beshyog‘och” ko‘chasi (“Samarqand darvoza” ko‘chasidan Masjid binosigacha bo‘lgan oraliq)
“Katta Qa’ni” ko‘chasi (Foziltepa ko‘chasidan Al-Xorazmiy ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
“Yangi Yunusobod” ko‘chasi (Yangi Shahar ko‘chasidan TAHYgacha bo‘lgan oraliq)
Bobur ko‘chasi (Aeroport yo‘li o‘tkazgichidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda bordyur almashtirish)
“Beshariq” ko‘chasi ( “Izzat” ko‘chasidan 48-ko‘p qavatli uygacha bo‘lgan oraliq)
“Yangi Baynalmilal” ko‘chasida yo‘l va yo‘laklarni avtoturargoh bilan birga butkul ta’mirlash Bobur ko‘chasi (Aeroport maydonidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
“Nukus” ko‘chasi (Bobur ko‘chasidan “Taraqqiyot” ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi (Mustaqillik shox ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)
Abdulla Qodiriy ko‘chasi (Rashidov ko‘chasidan Qori Niyoziy ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq)

Hurmatli hamyurtlarimiz olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklar, yo‘llardagi tirbandliklarni to‘g‘ri tushunadilar, deb umid qilamiz. Zero, pirovardida ulkan hajmdagi bunyodkorlik ishlari eng avvalo, shahrimiz aholisi va mehmonlarning qulay harakatlanishlari, poytaxt ko‘chalari va yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish, harakatlanishning bexatar bo‘lishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Toshkent shahar hokimligi
Axborot xizmati

https://shosh.uz/uz/toshkent-shahar-hokimligi-yo-llarda-ish-qizg-in/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x