“Toshkent ruhi”


Post Views:
74

«TOSHKENT RUHI» – Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining 1958 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasida yuzaga kelgan siyosiy atama. O‘shanda konferensiyada qatnashgan yozuvchilarning nutq va ma’ruzalari tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot, do‘stlik va hamkorlik, baynalmilalchilik, demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan edi. Ana shularning hammasi «Toshkent ruhi» iborasida yaqqol aks etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng «Toshkent ruhi» degan atamaning ma’no va mohiyati yana ham chuqurlashdi. Bu ruh uzoq yillar davomida murosasiz jang olib borgan davlatlar (Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Tojikiston) rahbarlarining bevosita Toshkent shahrida yarashib, sulhga imzo chekishlarida, turli qit’alar va mamlakatlar vakillari ishtirokida tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan nufuzli uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar, san’at, adabiyot, kino festivallari, «Toshkent–paxta yarmarkasi» kabi yirik jahon anjumanida o‘z ifodasini topgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/toshkent-ruhi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x