Post Views:
88
KO‘NKA, konka – otlar bilan harakatlantirilgan bir vagonli, tor izli shahar transporti. Toshkentda 20-asr boshlarida paydo bo‘lgan. Toshkent Ko‘nkasining dastlabki loyihasini 1882 yil muhandis Eduard Deni taklif etgan. Ko‘nka qurilishi 1896 yil Belgiya jamiyati «Toshkent tramvayi» tomonidan boshlangan. Ko‘nkaning temir yo‘l vokzalidan Eski shahar bozorigacha bo‘lgan birinchi yo‘li 1901 yil, Romanov ko‘chasi (hozirgi Buyuk Turon ko‘chasi)dan Lager prospektidagi Sergiyev cherkovi (hozirgi Hamid Olimjon maydoni) gacha bo‘lgan ikkinchi yo‘li 1903 yil qurilgan. Ko‘nka liniyalarining umumiy uzunligi 9,5 km, vagonlari soni 30 ta, otlari 230 ta bo‘lgan. 1913 yildan Toshkentda Ko‘nka o‘rniga tramvay qatnay boshlagan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/toshkent-ko-nkasi/