Toshkent ko‘chalari. Taqachi


Post Views:
486

TAQACHI KO‘CHASI – Uchtepa tumanining «O‘tkir», «Zulfizar», «Ko‘rkamobod», «Xurshid», «Quyi Darxon» mahallalari hududida. Ziyo Said va Chevar ko‘chalari oralig‘ida. Uzunligi 3,5 km atrofida. Toshkent zilzilasi (1966)dan zarar ko‘rgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan yer uchastkalari qurilishi munosabati bilan tashkil topgan yangi ko‘chaga 1966 yil 27 dekabrda Rahimboboyev nomi berilgan. 2005 yil 22 iyundan joyning tarixiy Taqachi nomi bilan yuritiladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda Toshkentning shimoli-g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab shaharga kirib kelayotgan otli karvonlar shu joyda to‘xtab, otlariga taqa qoqtirib olganlar. Taqachi nomining kelib chiqishi shundan. Yo‘nalishida «Labzak» supermarketi, «Isroilhoji ota» to‘yxonasi, yonilg‘i quyish shoxobchasi, internet kafe, «doka-non», savdo shoxobchalari, turli servis xizmat ko‘rsatish maskanlari, shaxsiy va ko‘p qavatli turar joy binolari joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/toshkent-ko-chalari-taqachi-ko-chasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x