TOSHKENT KANALI

TOSHKENT KANALI, I. A. Polvonov nomidagi Toshkent kanal i — Chirchiq daryosidan suv oladigan Chapkirgʻoq Qorasuv daryosida qurilgan magistral kanal, 1940-y. da xalq hashari yoʻli bilan qurilgan. 1958—65 y. larda kanal tubdan rekonstruksiya qilingan. Kanalga Chapqirgʻoq Krrasuv daryosining 36 km dan suv olinadi, umumiy uz. 62 km, bosh qismidagi suv sarfi —87 m3/ sek, sugʻorish mayd. 70 ming ga. Daryoning chap tomonidagi qoʻriq yerlarni sugorishga imkon beradi. Kanal kam suvli Ohangaron tizimini Chirchiq daryosining suvi bilan toʻyintiradi.

Kanalda Shim., Jan., Boʻrjar, Chilisoy, Oʻngqirgʻoq va Chapqirgʻoq kabi tarmoqlariga suvchiqargichlar, koʻpriklar, ikkita suv toʻskich, Toshkent kanali bilan Ohangaron daryosi kesishgan joyda 145, 94 va 100 m uzunliklagi 3 ta dyuker, oʻng kirgʻogʻida yoʻl qurilgan. 1dyukerdan Tuyaboʻgʻiz suv omboriga Oxangaron daryosi orkali suv tashlanadi. Asosiy suv taqsimlash uzellari elektrlashtirilgan va telefon aloqasi bilan taʼminlangan. Kanalning 1941-y. da qurilgan, oʻng va chap tarmoqdari eng yi^ik tarmoklar hisoblanadi. Ung tarmoq uz. 38 km, suv oʻtkazish imkoniyati 12 m3/sek, unda 30 ga yakin sharshara, tezoqar va suvchiqargichlar mavjud. Chap tarmoq 20-a. ning 60-y. larda rekonstruksiya qilingan. Uz. 25 km va suv oʻtkazish imkoniyati 26 m3/sek. 1969-y. da Toshkent kanaliga Oʻzbekistonda irrigatsiya qurilishi va suv xoʻjaligining faol rahbarlaridan biri Ilyos Polvonov (1905 — 1969) nomi berilgan.

Ziyomiddin Artukmetov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x