TOSHKENT ISLOM INSTITUTI

TOSHKENT ISLOM INSTITUTI, Imom alBuxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — oliy diniy oʻquv yurti. 1969-y. tashkil etilgan. 1971-y. okt. dan faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini oʻzlashtirgan, arab tilida soʻzlasha oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. Darslar oʻzbek va arab tillarida oʻqitiladi. Ingliz, fors va rus tillari ham oʻrgatiladi.

Respublikamiz istiqloliga qadar sobiq Ittifokda yagona oliy islom oʻquv yurti boʻlgan, unda Zakavkazye, Shim. Kavkaz, SSSR ning Yevropa qismi va Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idoralari uchun diniy xodimlar tayyorlangan. 2003y. OʻzR Vazirlar Mahkamasi karori bilan int bitiruvchilariga bakalavr diplomi beriladi.

Intda 130 talaba tahsil oladi (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x