Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kirish ballari, qabul kvotalari
Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 25- uy, pochta indeksi: 1000471918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyoda yagona ilk sharqshunoslik oliy o‘quv yurti bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.
1990-yilda sharq fakulteti negizida Toshkent Davlat universiteti qoshida Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.
FAKULTETLAR: Xitoyshunoslik fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti