TOSH OʻYMAKORLIGI — oʻymakorlik turi; amaliy bezak sanʼatining keng tarkalgan sohasi. Tosh oʻymakorligida bezatiladigan buyum sirtiga oʻyib, baland yoki yassi boʻrtma hosil qilib yozuv, naqsh, tasvir ishlanadi. Bunda yumshoq (gipstosh, ohaktosh va b.), oʻrtacha (malaxit, marmar va b.) hamda qattiq (nefrit, lazurit, yashma va b.) toshdan foydalaniladi. Tosh turlari inkrustatsiya kilinishi, oʻzaro biriktirilishi, zichlabqalab mustahkamlab, keyin Tosh oʻymakorligi bilan bezatilishi mumkin. Oʻzbekiston hududidan topilgan Tosh oʻymakorligining ilk namunalari neolit, eneolit, jez davrlariga mansub. Oʻrtaosiyolik ustalar qadimdan mineral va togʻ jinslarining xossalari, ishlash usullarini yaxshi bilgan; yassi boʻrtma (relyef)li Tosh oʻymakorligi rivojlangan. Hozir Tosh oʻymakorligining asosiy qismi mexanizatsiyalashgan (yana q. Toshtaroshlik).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые