To‘rtko‘ltepa-1


Post Views:
9

TO‘RTKO‘LTEPA-1 – shahar xarobasi (3–6-asrlar). Yangiyo‘l shahridan g‘arbda joylashgan. Dastlab (1934) G.V.Grigoryev, keyinchalik (1977) Yu.F.Buryakov tekshirgan. To‘rtko‘ltepa-1 maydoni to‘g‘ri to‘rtburchak (400 x 400 m) bo‘lib, Qurquldak soyining so‘l qirg‘og‘ida o‘rnashgan. Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan (46–52 x 25–26 x 10–12 sm lik yirik xom g‘ishtlar ishlatilgan). Devor poyining qalinligi 8 m, saqlanib qolgan balandligi ham 8 m ni tashkil qiladi. Devorning ichki qismida yong‘indan jabr ko‘rgan supalari bo‘lgan xonalar ochilgan, ular jangchilar uchun mo‘ljallangan. Sopol buyumlar Qovunchi II tipiga xos.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/to-rtko-ltepa-1/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x