TOROGʻIZ ILONLAR

TOROGʻIZ ILONLAR (Leptotyphlopidae) — ilonlar kenja turkumi oilasi. Koʻrinishi chuvalchangsimon, mayda, uz. 30—37 sm, 40 (baʼzi manbalarda 47) turi bor. T. i. ning tashqi koʻrinishi Oʻzbekistonda uchraydigan koʻrilonga oʻxshash. Tanasi 14 qator joylashgan toʻgarak tangachalar bilan qoplangan. Chanoqkamari skeleti rudimenti saklanib qolgan. Yuqori jagʻida tishlari yoʻq. Pastki jagʻlarida 2 qator mayda tishlari bor. Ogʻzi katta ochilmaydi (nomi ham shundan). Torogʻiz ilonlar yer ostida yashaydi. Afrika, Jan. Gʻarbiy Osiyo, Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tuproqsa, toshlar ostida va termitlar uyasida yashaydi. Shomda faol. Torogʻiz ilonlar termit, chumoli va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4 tagacha tuxum qoʻyib koʻpayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x