TORMOZLANISH

TORMOZLANISH (fiziologiyada) — qoʻzgʻalish taʼsirida organlar, toʻqimalar yoki hujayralar nerv markazlari faoliyatini susaytiradigan nerv jarayoni. Odam va hayvonlar markaziy nerv sistemasida Tormozlanish jarayonlari mavjudligini ilk bor I. M. Sechenov (1863) aniqlagan. I. P. Pavlov oliy nerv faoliyatiga tegishli barcha murakkab jarayonlarda qoʻzgʻalish bilan birga Tormozlanish sodir boʻlib turishini koʻrsatib bergan. Markaziy nerv sistemasining biron boʻlimida Tormozlanish paydo boʻlishi uning funksional holati, xususiyati va qoʻzgʻatuvchining kuchi (intensivligi)ga bogʻliq. Tormozlanish jarayoni kelib chikish joyiga kura, periferik Tormozlanish (bevosita muskul yoki bez elementlarida yuz beradi) va markaziy Tormozlanish (markaziy nerv sistemasida amalga oshadi) tafovut kilinadi. Har qanday nerv faoliyati oʻzaro bogʻlangan 2 jarayon: T. va qoʻzgʻalishdan iborat. Bu ikki jarayonning oʻzaro taʼsiri natijasida qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, harakatlanish kabi organizmning eng muhim funksiyalari boshqarib turiladi. Ayrim nerv kasalliklari (epilepsiya va b.) va bir qancha zaharli moddalar (mas., strixnin) taʼsirida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi tirishishga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x