TORKLAR

TORKLAR, uzlar, gʻuzlar — Markaziy osiyolik oʻgʻuzlar qabila uyushmasidan ajrab chiqib, Volgaboʻyi va Jan. Rus dashtlariga borib joylashgan koʻchmanchi turkiy qabila. Rus yilnomalarida torki (turklar) deb yuritilgan ushbu kabila nomi Vizantiya manbalarida uz shaklida uchraydi. Shuningdek, rus yilnomalarida Torklar «chernыye klobuki» («qora qalpoklilar») tarzida ham tilga olinadi. Torklar 860—870-y. larda VolgaboʻyiJan. Rus dashtlarida hukmron boʻlgan turkiy pecheneg (bijanaq)larni yengib ularning oʻrnini egallaydi va Kiyev Rusi davlatiga katta tahlika tugʻdiradi. 9-a. oxirlarida ular Don daryosidan Dneprgacha choʻzilgan Qora dengiz boʻyidagi keng dashtlarni egallaydi. Baʼzan tork xonlari Kiyev Rusi bilan ittifoqchilikda qoʻshni qabilalarga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan. Jumladan, knyaz Vladimir bilan birgalikda 985-y. Volga bulgʻorlariga qarshi jangda ishtirok etganliklari rus yilnomalarida qayd etiladi. 1036-y. da pecheneglarning yengilib, Jan. Rossiya dashtlaridan chekinishlarida Torklarning xizmati katta boʻladi. 1048-y. dan boshlab esa Torklarning bir qismi Kiyev Rusining ittifoqchisi sifatida Kiyev atroflariga koʻchgan. Biroq, rus knyazlari birlashib, Torklarni bu yerdan siqib chiqarishga muvaffaq boʻladi. 1060-y. toʻsatdan uyushtirilgan hujum natijasida magʻlubiyatga uchragan Torklar gʻarbga chekinadi. Baʼzi Vizantiya tarixchilari ularning 600 ming kishi boʻlganligini qayd etadi. Torklar 1065-y. da Vizantiya va Dunay bulgorlari qarshiligini sindirib, Dunay daryosini kechib oʻtadi va Bolqondagi Trakiya va Makedoniyani talontoroj qilib, Saloniki va Peloponnesgacha yetib boradi. Lekin, oʻsha paytda yuz bergan qattiq sovuqdan qirilgan. Torklar ustigaustak pecheneglarning hujumlari natijasida katta yoʻqotishga uchraydi. Bir qism Torklar 1068-y. Vengriyaga qarshi harakat qiladilar. Ortiq siyosiy kuch sifatida ahamiyatini yoʻqotgan Torklarning bir qismi Vizantiya qoʻshiniga olinadi. Ular qisman Bolqonda turli joylarga tarqaladilar, bir qismi esa Jan. Rusga qaytib, Kiyev atrofida joylashadi. Ular bu yerda asrlar davomida slavyanlashib ketadi. Sharqiy Yevropada tork etnonimi bilan bogʻliq koʻplab joy nomlari saqlanib qolgan. Jumladan, Torchev, Torchesk sh. lari, Torki, Torchin, Torchitsoʻ, Torkov, Torkin qishlokdari, Torch, Torcha irmoklari va shunga oʻxshash boshqa joy nomlari tork (turk) qabilasi bilan aloqadordir.

Torklarning bir qismi Markaziy Osiyoda qolib (ular bu yerda uz deb yuritiladi), bu yerdagi bir necha turkiy xalqlar shakllanishida ishtirok etadi. Jumladan, ular oʻzbek xalqi etnik shakllanishida qatnashib, keyingi asrlargacha oʻz etnik nomini sakdab qoladi. Xususan, uz etnonimi «92 oʻzbek urugʻi» roʻyxatidan joy olgan. Shuningdek, Oʻzbekistonning bir necha viloyatlarida (Qashqadaryo, Samarkand) uz urugʻi vakillari yashaydigan qishloklar vujudga kelgan.

Gʻaybulla Boboyorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x