TOR

TOR — 1) baʼzi musika cholgu asboblari (tanbur, gʻijjak, chang, skripka, royal va b.)da tovush manbai sifatida ishlatiladigan tarang tortilgan ip, sim va h. k. T. qanchalik qisqa, ingichka va materiali pishiq (zich) boʻlsa, uning tebranish tezligi (tovush yoʻgʻoningichkaligi) shuncha yuqori boʻladi. Hozirgi musika cholgʻularida metall (poʻlat), baʼzan ipak, shoyi va sintetik tola (kapron, neylon)dan qilingan Torlar qoʻllaniladi. Koʻpincha past (yoʻgʻon) tovushqator hosil qilish uchun qoʻllaniladigan Tor larning ustidan bir yoki ikki qavat sim oʻraladi; 2) torlimezrobli musiqa cholgʻu asbobi. Qad. Torda 4—6 sim tortilgan. Hoz. Tor 19-a. oʻrtasidan Eron, Kavkaz xalkdari (ozarbayjon, arman va b.) orasida keng tarqalgan. Tor keng texnika imkoniyatlari, yorqin va jozibali tembr, kuchli dinamikasi bilan ajralib turadi. Unda 11 ta sim tortilgan boʻlib, eng pastki (oʻrtada joylashgan) simdan tashqarilari juftlangan tarzda boʻladi va kvarta intervali oraligida sozlanadi. Torning zamonaviy turi 20-a. 30-y. laridan boshlab Oʻzbekiston (Bola baxshi Abdullayev, keyinchalik Komiljon Otaniyozov va b.), soʻng Tojikiston musiqa madaniyatiga xam singib ketdi. Tor chanosh (kosaxonasi) 8 raqami shaklida boʻlib, asosan, tut yogochidan (baʼzida yongʻoq) oʻyib ishlanadi. Chanoqning ustki ochiq kismi teri bilan qoplanadi. Dastasi uzun (800—900 mm). Dasta boʻylab 22 asosiy va 2—3 (chanoq bilan dasta ulangan joyida) xaye pardalar yopishtiriladi. Ozarbayjon T. ida nim pardalar ham boʻladi. Eron, ozarbayjon, arman (dastgoh, muyum, kuy, ashula va b.) mumtoz musika namunalari ijrosida yakka tarkibida yetakchi cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi. Tor ijrochilaridan Sodiq Asad oʻgʻli, M. Mansurov, B. Mansurov, A. Bokixonov, K. Primov va b. mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x