TONLESAP, Sap — Kambodja tekisligidagi koʻl, Hindixitoy ya. o. da eng katta. Mayd. 2,5—3 ming km2 dan (qishda) 10 ming km2 gacha (yezda), mavsum boʻyicha oʻzgarib turadi. Chuqurligi ham tegishlicha 1—2 m dan 10—14 m gacha. Qirgʻoklari past, botkrklashgan. Tonlesap daryosi Tonlesapni Mekong bilan bogʻlaydi va uning oqimini qisman tartibga solib turadi. Baliqqa boy. Sholipoyalarni sugʻorishda foydalaniladi, sohil qismida aholi zich. Tonlesap yakinida Kambodja madaniyati yodgorligi majmuasi — Angkor joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые