TONIK SHEʼR TIZIMI

TONIK SHEʼR TIZIMI (yun. tonos — urgʻu) — misralardagi urgʻu mikdori bilan oʻlchanadigan sheʼr tuzilishi, unda urgʻusiz soʻzlar mikdori ixtiyoriy boʻladi. Tonik sheʼr tizimi ham sillabik sheʼr tizimi kabi eng oddiy sheʼr shakllaridan hisoblanadi. Sillabik sheʼr tizimi qoʻshiqbop va kuybop sheʼrlarda qoʻllansa, Tonik sheʼr tizimi turli xalklarning nasriy shakllarida, koʻproq maqol, matal, topishmoklar va b. da ishlatiladi. Tonik sheʼr nasrga yaqin boʻladi, u, odatda, alliteratsiyali, qofiyadosh misralar uygʻunligini ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Qofiyalanmagan Tonik sheʼr tizimi qofiyalangan tonik sheʼrlardan keskin farkdanadi, yaʼni u misralararo urgʻularning bir xilligiga qatʼiy amal qiladi. Agar urgʻuli boʻgʻinlar bilan urgʻusizlari maʼlum tartibda kelsa, Tonik sheʼr tizimi bilan sillabiktonik sheʼr oʻrtasidagi oraliqsheʼr shakli vujudga keladi. Bunda sheʼriy oʻlchov ham ishtirok etadi. Hozirda rus sheʼriyatida Tonik sheʼr tizimi ham, sillabiktonik sheʼrlar ham baravar yaratilmoqda. Rus shoirlarining oʻzbekcha tarjima qilingan asarlarida Tonik sheʼr tizimi qoidalariga rioya kilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x