Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari

Tongni to‘g‘ri qarshi olish sirlari
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Qanday qilib uyquning to‘g‘ri rejimi orqali sog‘lom, tetik va muvaffaqiyatli bo‘lish mumkin?

Erta turish nima uchun kerak?

Erta uyg‘onish yordamida biz ertalabki ishlarimiz bilan shoshilmasdan shug‘ullanamiz, o‘zimizni boshlanayotgan kunga tayyorlaymiz.
Bundan tashqari, aynan ertalab – jismoniy mashqlar uchun eng muvofiq payt. Ertalabki mashqlar bizga kunduzgi stressni yenguvchi kuch va quvvat beradi.
Ko‘pchilik erta turuvchilar o‘zida misli ko‘rilmagan ruhiy va jismoniy o‘sishni his qiladi. Bunday rejim ijod qilishga ham yordam berishi kuzatiladi: rassomlar va yozuvchilarning aytishicha, ularning ilhomi erta tongda kelar ekan.
Erta turish stressni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari ertalabki vaqtlarni xotirjam o‘ylab olish, fikr yuritish, meditatsiya yoki o‘qish uchun ham sarflash mumkin.

Qanday qilib erta turish mumkin?

Erta turish unchalik qiyin emas. Lekin bunday malaka tartibni talab qiladi.
Asosiysi – uxlashga erta yotish. Agar siz kech uxlagan bo‘lsangiz erta tongda turaman deb umid qilmang. Odam o‘rtacha olganda 7-8 soatda uyquga to‘yadi. Lekin ba’zilarning aytishicha ularga 6 soat uyqu ham yetarli bo‘ladi. Sizga uyquga to‘yishingiz uchun qancha vaqt talab qilinishini organizmning o‘zi aytadi, unga quloq soling.
Shu qoida esingizda bo‘lsin: agar siz bir soat oldin uyg‘onishni xohlasangiz, bir soat oldin uxlashga yoting. Bundan tashqari uyqungiz ham sifatli bo‘lishi kerak. Buning uchun yaxshi odatlarni o‘rganing:

    — uxlash oldidan ovqatlanmang;

    — televizor, smartfon va boshqa gadjetlarni hech bo‘lmasa uxlashdan yarim soat avval o‘chirib qo‘ying. Tunda xonangiz qorong‘u va tinch bo‘lishi kerak;

    — uxlash oldidan xonani shamollating yoki derazani ochib uxlang.

Manba: Daryo.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x