TOMSON EFFEKTI

TOMSON EFFEKTI — termoelektr hodisalaraan biri; tokli oʻtkazgich boʻylab t-ra grandiyenti mavjud boʻlganda, issiqlikning zanjirda Joul—Lens qonuniga asosan ajralayotgan issiqlikdan tashqari, yana maʼlum mikdorda issiklikning ajralish yoki yutilish hodisasi (tok yoʻnalishiga qarab). Tok kuchining kvadratiga proporsional boʻlgan Joul — Lens issikligi va Tomson issiqligining hosil boʻlishi bir-biridan tubdan farq qiladi. t-ra gradiyenta mavjud boʻlgan oʻtkazgichdagi elektronlar sovuq oʻtkazgichga oʻtgavda kinetik energiyalarini atomlarga beradi va panjara atomlari xarakatga kelib, issiqlik (Tomson issikligi) ajraladi. Tok yoʻnalishi oʻzgarganda sovuq oʻtkazgichdagi elektronlar trasi yuqori boʻlgan oʻtkazgich atomlarining energiyasi hisobida energiyalarini oshiradi, yaʼni issiklik yutiladi. 1856-y. da U. Tomson (Kelvin) nazariy jihatdan kashf etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x