DO`STLARGA ULASHING:
Tomir tortishganda nima qilish kerak
— Ba’zilar oyoq tomirida spazm yuzaga kelayotganini oldindan his etadi. Siz ham ular safida bo‘lsangiz, og‘riq qo‘zg‘alayotganini sezgan zahotingiz oyoq mushaklarini bo‘shashtiring.
Shunda ham tomir tortishishi kelib chiqsa, o‘tirgan holatda oyoq uchini o‘zingizga qaratib, 2-3 daqiqa ushlab turing. Bezovtalik o‘tib ketmadimi? O‘rningizdan turingda, asta harakatlaning. Iloji bo‘lsa, oyoqyalang, pol ustida yuring.
Avvaliga terapevt-shifokor ko‘rigidan o‘tishingiz tavsiya etiladi. U shikoyatlaringizdan kelib chiqib, endokrinolog, kardiolog, nefrolog va nevrolog mutaxassislar ko‘rigini maslahat beradi.
Bezovtalik sababi somatik patologiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘g‘ri tanlangan davo choralari tez fursatda muammodan forig‘ etadi. Mabodo tomir tortishishi jiddiy xastaliklar belgisi sifatida aniqlansa, tashxisdan kelib chiqqan holda muolaja qilinadi.