TOMDIBULOQ — Navoiy viloyati Tomdi tumaniaagi qishloq. Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Qizilquduq (65 km). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Artezian qudugʻidan suv oladi. Hududida tuman hokimiyati, tuman davlat va maʼmuriy tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, aloqa boʻlimi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar bor. T. dan tumandagi yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые