TOMDI TUMANI — Navoiy viloyatidagi tuman. 1927-y. 3-iyulda tashkil etilgan. Jandan Konimex, Nurota tumanlari, shimdan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqsan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, jan. sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 42,4 ming km2. Aholisi 26,4 ming kishi (2004). Tumanda 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) bor. Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi.
Tabiati. Tuman hududi Kizilkum choʻlida joylashgan. Qad. paleozoy (gersin) past togʻlari — Tomditov, Oqtov, Oltintov, Yetimtogʻ, Quyuqtov, Oʻgʻiz, Boʻkantov, Boʻkanmerey, Uliqizil, Jamanqizil dashtlari, togʻ etaklarida buloklar (Tomdi, Jingʻildi va b.) bor. Togʻlardan oltin qazib olinadi. Botiq koʻp (Mingbuloq — dengiz sathidan 12 m past). Togʻlar atrofi tekislik, qator qum tepalari va koʻzanak qumlar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4,1°, eng past t-ra —31°. Iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori t-ra 40°. Yillik oʻrtacha yogʻin 108 mm. Daryo va koʻllar yoʻq. Tuproqlari qizil, qum tuproklar. Saksovul, kavrak, tuyaqorin, selin, rang, arpagʻon va b. oʻsadi. Oq quyruq (saygʻoq), jayran, arxar, tulki, qobon, quyon, yumronqoziq, burgut, qargʻa, kaltakesaklar, echkemar, boʻgʻma ilonlar, kaklik va b. bor.
Aholisi, oʻzbek, qozoq va qoraqalpoqlar, shuningdek, turkman, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 0,6 kishi.
Xoʻjaligi. Q. x. ning asosi — yaylov chorvachiligi. Asosan, qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tuya, ot ham koʻpaytirilmoqda. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1402 qoramol (shundan 710 sigir), 363,9 ming qoʻy va echki, 3,5 ming ot, 2,5 ming tuya boqiladi (2003.) Tumanda 279 xoʻjalik yurituvchi subyektdan 7 shirkat, 47 fermer xoʻjaligi, 88 dehqon xoʻjaligi, 65 xususiy korxona va firma, 3 aksiyadorlik jamiyati, 4 masʼuliyati cheklangan jamiyat, 2 ishlab chiqarish. kooperativi va b. faoliyat koʻrsatadi (2003). Xoʻjaliklarning umumiy sonidan 245 tasi mikrofirma, 6 tasi kichik 7 tasi oʻrta va 21 tasi yirik korxonadir.
Tumanda 34 umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi. kasbhunar kolleji mavjud (2004). 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va b. tibbiy muassasalari faoliyat koʻrsatadi.
Tomdi tumani dagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnaydi.