TOMCHI ANALIZ

TOMCHI ANALIZsifat va yarim miqdoriy kimyoviy analiz usuli. Tomchi analizda tekshirilayotgan eritma yoki modda bir necha tomchi mikdorida olinadi. Muayyan sonlarni aniqlash uchun filtr qogʻozi, yupqa shisha, tomchi plastinkasi va mikrotigelda oʻtkaziladigan rangli reaksiyadan foydalaniladi. Tomchi analizda sezgirligi va selektivligi yuqori moddalar qoʻllanadi. Shu tufayli, aniklanayotgan ionlar tekshirilayotgan eritmadagi boshqa moddalar ishtirokida topiladi. Yarim miqdoriy aniklash usuli (tomchi kolorimetriya) filtr qogʻozida paydo boʻlgan dogʻ rangini standart rangga solishtirishga asoslangan. Tomchi analiz usuli organik va anorganik moddalarning sofligini nazorat qilishda; ruda va minerallarni analiz qilishda, biokimyoviy analizda va b. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x