TOLSTOY Lev Nikolayevich

TOLSTOY Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 y. larda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851— 53 y. larda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854-y. Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855-y. da Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernoʻshevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A. S. Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining toʻrt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «Oʻsmirlik», 1852-54; «Yoshlik», 185557; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan.

50-y. lar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-y. lar ijodida yanada teranlashadi.

Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan «Urush va tinchlik» (1863—69) epopeyasi Tolstoyning 60-y. larda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 y. lardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-a. oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-y. larda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas edi. 1812-y. da Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.

Tolstoyning 70-y. lar ijodida «Anna Karenina» romani aloxdda mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-y. lardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy, aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtayi nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.

70-y. larda ruhiy iztirob iqdimida yashagan Tolstoy oʻz hayot yoʻlini qayta nazardan oʻtkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yoʻli bilan bogʻliq jamiyat qatlamining maʼnaviy asoslari yolgʻonga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «Eʼtiqodim nimada?» (1884) asarlarida oʻz ifodasini topdi. Tolstoyning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreyser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, eʼtiborga loyiq.

Tolstoy 80-y. larda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Maʼrifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.

Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi «Hojimurod» (1896 — 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.

Tolstoy dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari («Tirik murda», 1890; «Baldan soʻng», 1903 va b.) da ham aks etgan. Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910-y. Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yoʻlda shamollab, vafot etadi.

Oʻzbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi» makrlalari 1887—1902-y. larda «Turkiston viloyatining gazeti»da oʻzbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889-y. shu gaz. da tanikli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan.

Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 1909-y. da Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5-iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910-y. Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan. Ammo oʻzbek xalqining Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-a. ning 30-y. laridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Sobr. soch., t. 1—22, M., 1978— 86; Asarlar, 1—5j. lar, Tolstoy, 1978—80; Iqrornoma, Tolstoy, 1998.

Ad:Karimov E. A., Chelovek v izobrajenii Tolstogo, M., 1967; Xrapchenko M. B., Tolstoy kak xudojnik, 3izd., M., 1971; L om u nov K., Jizn Tolstogo, M., 1981.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x