TOLQON — 1) ovqat turi. Tolqon qoʻqonjoʻxori, makkajoʻxori, bugʻdoy, oqishoq, qotgan non, meva qoqilaridan tayyorlanadi. Tayyorlash usuli: qovurilgan don, quritilgan non yoki meva qoqilar oʻgʻir yoki hovonchada tuyiladi, soʻngra elab olinadi; zarur hollarda shakar qoʻshib isteʼmol qilinadi. Toʻqtutar va parhez mahsulot;
2) umuman tuyilgan narsa, kukun.