TOLISHMUGʻON MADANIYATI — jez va ilk temir davriga oid arxeologik madaniyat (mil. av. 14—7-a. lar). Ozarbayjonning Tolish toglari va Mugʻon dashtida tarqalgan. Kabristonlarni qazishda maʼlum boʻlgan. Tolishmugʻon Madaniyatining togʻli zonalarida bir necha erkak va ayollar jasadi birga daxmalarga dafn etilgan. Juft va yakka kabrlar ham uchraydi. Jasadlar gʻujanak yoki choʻziq holda koʻmilgan. Tolishmugʻon Madaniyatining past tekislik zonalarida tuproq qabrlar ochilgan. Ulardan jez va temir qurollar, har xil sopol idishlar, tilla va jez bezaklar hamda jezdan yasalgan hayvon shakllari topilgan. Tolishmugʻon Madaniyatini yaratgan kabilalarning asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, togʻlarda esa chorvachilik va metallsozlik boʻlgan. Dafn jihozlari va marosimlari patriarxal urugʻ jamoalarida mulkiy tabaqalanish boshlanganini aks ettiradi. Gʻarbiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqasi boʻlganligi kuzatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые