TOLISH TILI

TOLISH TILI — eroniy tshoʻarning shim. gʻarbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon jan. va Eron shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: lenkoran, astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til oʻrta va til orqa undoshlari oppozitsiyasi (kʻk, gʻ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan oʻzgaradi, koʻpchilik feʼllarning qoz. va oʻtgan zamon shakllari bir xil, feʼllar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniklovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida ozarbayjon tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. 20-a. ning 30-y. larida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan boʻlsada, u ommalashmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x