TOLIPOV

TOLIPOV Obid (1918.7.11 Toshkent —1994.15.12) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). 2jahon urushi qatnashchisi. Lohutiy nomidagi oʻzbek davlat teatr texnikumini tugatgan (1937). 1937-y. dan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. «Yetim va yetima» (Gʻ. Zafariy) spektaklidagi Yetim roli Tolipovning sahnadagi ilk obrazidir. «Oqarib koʻrinar yolgʻiz yelkan»dagi Petya, «Nasriddinning kechmishlarida» oʻgʻri, «Tom togʻaning kulbasi»da Jon, «Oppogʻim»da Dik, «Uch mushketyor»da Lyudovik, «Oʻqituvchi»da Ramazon qori, «Allomaning yoshligi»da Kongirbek, «Oltin tulpor»da Qirol, «kim aybdor»da Abdusamat kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Tolipov dramaturg sifatida I. Ahmedov bilan xamkorlikda «Sirli sandiq», «Qimirlagan qir oshar», «Zumrad va Qimmat», «Toʻgʻri va Egri» kabi ertakpyesalar yozib yosh tomoshabinlarga takdim etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x