TOLA — 1) yigirish, gazlama toʻqish va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ingichka, pishiq tabiiy yoki sunʼiy ashyo (q. Toʻqimachilik tolalari);
2) turli elektr qurilmalarning qilsimon ingichka tok oʻtkazuvchi qismi (mas., elektr lampaning choʻgʻlanma Tolasi);
3) kokil, zulf (mas., soch T. si).