TOKSOPLAZMALAR

TOKSOPLAZMALAR (Toxoplasma) — koksidiyalar turkumiga mansub eng sodda parazit hayvonlar urugi. Bitta Toksoplazmalar gondii turi maʼlum. Uzunligi 7 mkm gacha. Toksoplazmalar mushuk va b. mushuksimonlar ingichka ichagida murakkab rivojlanish siklini oʻtib, undan 2 ta sporali ootsistsporozoitlar hosil boʻlishi bilan tugaydi. Yetuk ootsistlar esa mushuksimonlarni qaytadan zararlashi mumkin. Ootsistlar boshqa sut emizuvchilar (mas, sichqonlar) yoki odam hamda qushlarga oʻtib, jinssiz urchiydi. Toksoplazmalar — sut emizuvchi hayvonlar va odam paraziti; toksoplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x