TOK MANBALARI

TOK MANBALARI — har xil energiya turlarini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar. Shartli ravishda kimyoviy va fizik Tok manbalariga boʻlinadi. Kimyoviy Tok manbalarida oksidlashtiklash reaksiyasi natijasida elektr energiyasi hosil boʻladi. Bunday Tok manbalari jumlasiga galvanik elementlar, elektrkimyoviy generatorlar va b. qurilmalar kiradi. Fizik Tok manbalari issiklik, mexanik, elektromagnit energiyani, shuningdek, radiatsion nurlanish (mas., Quyosh nurlari) va yadroviy parchalanish reaksiyasi energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Elektromagnit generatorlar, termoelektr generatorlar, quyosh batareyalari va b. shular jumlasiga kiradi. Atom elektr stansiyasi (AES), gidroelektr stansiya (GES), issiqlik elektr stansiyalari (IES), shamol energetika qurilmasi va b. ham Tok manbalari hisoblanadi.

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x