TOJIYEV Toʻlqin Joʻrayevich

TOJIYEV Toʻlqin Joʻrayevich (1936. 13.4, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1959). 1959—96 y. lar Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, «Revizor»), Edgar, Yago (U. Shekspir, «Qirol Lir», «Otello»), Mansur va Jomiy (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Orif (I. Sulton, «Imon»), Abdullatif (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Jontoy (Ch. Aytmatov, «Sarvqomat dilbarim») va b. Yago — uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi koʻrinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi koʻzga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning oʻtkirligi, yorqin milliy kolorit T. ijodiga xos. Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: JurjoniyAbu Ali Ibn Sino»), Hakim («Ikkinchi bahor»), Mahmud («Mahallada duvduv ran»), Quddus («Besh ogʻaynilar»), Omon («Bu yerdan chegara oʻtadi», 3 kismli), Togʻayev («Siz kimsiz?»), Qodirov («Qora baliq izi», besh qismli, «Lenfilm»), HasanovHayot sening qoʻlingda») va b. T. dublyaj sanʼati ustalaridan. Radiola «Tabassum» eshittirishi, «Qarmoq» satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x