Tojik mahalla


Post Views:
47

TOJIK MAHALLA – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Turkyangishahar va Qashqar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. O‘rda atrofida qo‘qonlik askarlar qarorgohi joylashgan. Askarlar asosan, tog‘lik, Qorategin, Darvozdan olingan tojiklar bo‘lgan. Mahalla sharqdan Toshkentning Yangi shahar qismiga tutash bo‘lgan. 3 qismga bo‘lingan. Aholisi (qariyb 500 xonadon) asosan, tojiklar bo‘lib (nomi shundan), aksari binokorlik bilan shug‘ullangan, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar chekkasidagi yerlari – Fishtko‘prik va boshqa yerlarda) bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Fadir (Fadrang) arig‘idan suv ichgan. Novvoyxona, yamoqchilik do‘koni, baqqollik do‘konlari, 3 masjid bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududiga ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tojik-mahalla-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x