TOJ — 1) hukmdorning mavqei darajasi, martabasini bildirgan, qimmatbaho toshlar qadalgan bosh kiyim;
2) monarxiya davlatlarida davlat hokimiyati belgisi;
3) baʼzi parrandalarning boshidagi etdor oʻsimta;
4) Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi koʻrinadigan yoriq gardish — Quyosh toji deyiladi;
5) gupchakka yoki boshqa asosga oʻrnatiladigan gardishsimon qism.