TOIFI, Toyfi, Sayfi Gʻulomi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Vatani — Arabiston. Oʻrta Osiyoda qadimdan ekiladi. Oʻzbekiston, Turkmenistan, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda keng tarqalgan. Oq T., va Pushti Toifi xillari bor. Ularning farqi asosan uzumi rangida. Pushti Toifi koʻproq ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak yoki uzunasiga salgina choʻziq (diametri 14—16 sm), besh boʻlmali, pastga qaragan tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (2,5—6,5 kg gacha). Gʻujumi yirik, choʻziq, uch tomoni oʻyikli, kungay tomoni pushti. Tarkibida 22—25% qand, 4—5% kislota bor. Poʻsti qalin, eti sersuv, karsillaydi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3640° boʻlganda 151 — 188 kunda — sent. oxirida toʻliq yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 160—280 s/ga (350 s gacha boradi). Uzumi sakdashga va uzok, joylarga yuborishga chidamli. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi. Toifi baland ishkomlarda va koʻp zangli yelpigʻichsimon shakl berib oʻstirilsa, yuqori hosildorlik taʼminlanadi. Tuproq sharoitlariga talabchan emas. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые