TOIF, At-Toif — Saudiya Arabistonining jan. gʻarbiy qismidagi shahar. Hijoz togʻlarida, 2000 m balandlikda joylashgan. Aholisi 250 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shosse yoʻl orqali ArRiyod va Makka sh. lari bilan bogʻlangan. Q. x. (chorvachilik, bogʻdorchilik va sabzavotchilik) rayonining savdo markazi. Kustar usulida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hukumatning yozgi qarorgohi joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые