Tohir Usmonov — Mashrabo

Tun-kechalar dod aylasam, har dam sani yod aylarman,
Ishqingda faryod aylasam, devona qildi ishq mani.

Shomu sahar giryon bo`lay, yo`lungda sargardon bo`lay,
Oxir sanga qurbon bo`lay, devona qildi ishq mani.

Mashrabga qil lutfu karam, vahdat sharobidin dambadam,
Ey sohibi Lavhu Qalam, devona qildi ishq mani.

Hay, yonar dilim, kuyar jonim,
Maning shirin jonim, devona qildi ishq mani, mani. (x2)

Tiriklikda judo bo`lgan kishi yorni ko`rgaymu,
Firoqi hasratida ko`rmayin sarg`ayib o`lgaymu?
Bo`lib hayron, kuyib bir yon visolini topmayin giryon.

Hay, yonar dilim, kuyar jonim,
Maning shirin jonim, devona qildi ishq mani, mani. (x2)

Man kimga aytay, do`stlarim, devona qildi ishq mani,
Sadpora qildi yurakim, devona qildi ishq mani.

Hamdam bo`lay mayxonaga, sokin bo`lay butxonaga,
Boshim qo`yay ostonaga, devona qildi ishq mani.

Ishq ahliga hamdam bo`lay, Haq yo`liga mahkam bo`lay,
Dargohiga mahram bo`lay, devona qildi ishq mani.

Devonayi shaydo bo`lay, man tolibi Mavlo bo`lay,
Xalq eliga rasvo bo`lay, devona qildi ishq mani.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x