Tohir Mahkamov — Yig’la singlim

Bechora qiz o`z to`yidan ko`ngli to`lmas,
Kiprigi nam, yig`lab turar, meni ko`rmas.
Yor-yorlari xo`rligimni yupatolmas,
Diydoringga to`yolmadim, yig`la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to`yma singlim.

Muhabbatning bu azobi ko`ksim tig`lar
Shabbodalar yor sochini silab o`ynar,
Men go`zalga, go`zal yerga qarab yig`lar,
Diydoringga to`yolmadim, yig`la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to`yma singlim.

Dardli qo`shiq kuylarimni senga atay,
Sochlaringni o`zga yigit silar, netay?
Maktubingni o`tga tashlab yoqib ketay,
Diydoringga to`yolmadim, yig`la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to`yma singlim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x